Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonni ham suv bosdi: qurbonlar talaygina

Afg‘onistonni ham suv bosdi: qurbonlar talaygina

Kuchli yomg‘ir va sel tufayli Afg‘onistonning 12 ta viloyatida suv toshqinlari yuz bergan, oqibatda 22 kishi qurbon bo‘lgan, 40 dan ortig‘i yaralangan.

«Tolibon» hukumati esa afg‘on xalqini zudlik bilan bu balodan asrash uchun xalqaro tashkilotlardan insonparvarlik yordami so‘ragan. Suv toshqinlari oqibatida yuzlab uylar vayronaga aylangan.

Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlarining fojialisi Badg‘is, Faryob va Bag‘lan viloyatlarida kuzatilgan. Hozir mamlakatdagi qashshoqlikning oldini olish uchun toliblar bor kuchini ishga solyapti.

Qizig‘i shuki, so‘nggi yillarda Afg‘oniston qurg‘oqchilikdan aziyat chekib kelayotgandi. Iqlim o‘zgarishi tufayli hosildorlik keskin tushib ketgan, bu esa bevosita xalqning ijtimoiy ahvoliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, bunday sel va suv toshqinlari O‘zbekistonga ham yaxshigina zarar yetkazgan. Ayniqsa, Jizzax viloyatida bu tabiiy ofat ko‘plab uylarni vayron qilgan, yo‘llarni izdan chiqargan, odamlarni nochor ahvolga solib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring