Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni 15 nafarga yetgan
Bugun, 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida kuzatilgan 6,3 balli zilzila oqibatida 15 nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan. Rasmiylar bu raqamlarning o‘sishi mumkinligini, hozirga qadar odamlar vayronalar tagidan kavlab olinayotganini ta’kidlamoqda.
Zilziladan eng ko‘p Zenda Jan tumanidagi 4 ta qishloq zarar ko‘rgan. U yerda o‘nlab uylar tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan.
O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni mazkur hududda kuchi 6,3 ballga teng vayroonkor zilzila kuzatilgan. Epimarkaz Hirot shahridan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter