Afg‘onistonda universitetga hujum qilishdi. Qurbonlar ko‘p
Qobuldagi universitetga qilingan hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Avvalroq sakkiz kishi jabrlangani haqida ma’lum qilingandi.
Otishma dushanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi universitet yonida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ba’zi ommaviy axborot vositalari hodisa joyida portlash tovushi eshitilganini yozishgan. Qurollangan bir nechta kishi binoga bostirib kirgan. Afg‘oniston IIV voqea joyiga spetsnaz yetib kelgani, maxsus xizmat xodimlari binoda operatsiya o‘tkazishgani, yuzlab odamlarni chiqarishga muvaffaq bo‘lishganini ma’lum qildi.
«Tolo News» telekanali xabariga ko‘ra, portlash va otishma Afg‘oniston va Eron vakillari universitetda kitob ko‘rgazmasini ochishayotgan vaqtda boshlangan.
«1TV» telekanalining ma’lum qilishicha, «Tolibon» harakati sodir bo‘lgan voqeaga aloqadorligini rad etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter