Afg‘onistonda ketma-ket kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi
Bugun, 7 oktyabr kuni Afg‘onistonda magnituda kuchi 6 balldan yuqori bo‘lgan kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi.
Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, dastlabki zilzila koordinatalari: 35 gradus shimoliy kenglik; 61,87 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6.1. Chuqurlik 20 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 947 km janubiy-g‘arbda.
Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 12:13 da sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 35,13 gradus shimoliy kenglik; 62,17 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6.2. Chuqurlik 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 918 km janubiy-g‘arbda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter