Afg‘onistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 18:23 da (25.03.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 13:23 da) va 19:08 da (Grinvich bo‘yicha 14:08 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, dastlabki zilzila koordinatalari: 36,68 gradus shimoliy kenglik; 70,92 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 177 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 531 km janubiy-sharqda.
Ikkinchi zilzila koordinatalari: 36,54 gradus shimoliy kenglik; 70,05 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 208 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 530 km janubiy-sharqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter