Afg‘oniston yoshlari «dron» ixtiro qilishdi
Afg‘oniston Texnik va kasb-hunar ta’limi boshqarmasi talabalar jamoasi uchuvchisiz samolyot yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy yilning 5- fevral kuni kafedraning Tvitter’dagi sahifasida e’lon qilingan videoda ushbu samolyotni talabalardan biri boshqarayotganini ko‘rish mumkin.
Ushbu videodagi talabalardan biri bu samolyot haqida shunday deydi:
"Bu bizning jamoamiz qurgan samolyotlardan biri va u ikki kilometrgacha ucha oladi. Bu samolyot kelajakda tasvirga olish uchun ishlatilishi mumkin".
Bungacha Afg‘oniston Texnik va kasb-hunar ta’limi boshqarmasida 30 kishidan iborat ishchi guruh tomonidan besh yil ichida sport avtomobili yasalgan edi.
Ushbu mashina Kobulda 2022 yil 29- dekabrda namoyish etilgan.
Farxunda Frutan AMIRIY tayyorladi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter