Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligining radio loyihasi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligining radio loyihasi g‘oliblari aniqlandi

Foto: Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Adliya vazirligi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning Konstitutsiyaga oid bilimlaridan qanchalik xabardorligini sinovdan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» radiokanali bilan hamkorlikda «Konstitutsiyani bilasizmi?» radio loyihasini amalga oshirdi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.

FM 104 to‘lqinlarida  efirga berilgan «Konstitutsiyani bilasizmi?» radio loyiha viktorina shaklida 2018 yilning 7 noyabridan 2018 yil 8 dekabriga qadar haftaning har chorshanba va juma kunlari o‘tkazib borildi. Loyihaning har bir sonida boshlovchi tomonidan ishtirok etuvchilarga 3 tadan savol berildi va 3 balldan- 5 ballgacha bo‘lgan  tartibda baholandi. 

To‘g‘ridan to‘g‘ri efir shaklida olib borilgan loyihada respublika xududlaridan jami 100ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Bir oy davomida ishtirokchilar reytingi shakllantirib borildi. Qoidaga ko‘ra, bir oy davomida eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi g‘oliblikni ko‘lga kiritishi kerak edi. 

Radio loyihada eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan Sirdaryo viloyatidan Hilola Orziqulova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin jizzaxlik Ravshan Halilovga nasib etdi. Qashqadaryo viloyati vakilasi Munojot Begimqulova kuchli uchlikdan joy oldi. 

G‘oliblar Adliya vazirligining maxsus diplomlari va kimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring