Adliya vazirligi piyodalarning maxsus kiyimi bo‘yicha xabarlarga izoh berdi
Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo‘lni ta’mirlashga mas’ul xodimlar qorong‘ida nur qaytargichli kamzulda bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar uchun majburiy emas, deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, qonunchilikda piyodalar qorong‘ida harakatlanayotganda nur qaytaruvchi ustki kiyimda bo‘lishini targ‘ib qilish nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi bo‘yicha xabar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter