Adliya vazirligi «Huquqiy mavzuni eng yaxshi yoritgan bloger»ni taqdirlaydi
Mazkur nominatsiya g‘olibi vazirlikning esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. G‘oliblar vazirlikning Huquqiy axborot va ma’rifat boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?
Mazkur nominatsiya g‘olibini aniqlashda ishtirokchilarning mustaqil fikriga, huquq sohasidagi muammolarni aniq misollar bilan ochib berish va ularning yechimlarini taklif etishiga, normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlar, qarama-qarshiliklar, qonunchilikdagi yechimini kutayotgan masalalar, bu borada rivojlangan davlatlarning blogerlar o‘zlari guvohi bo‘lgan, sinovdan o‘tgan tajribalarini joriy qilish, bir so‘z bilan aytganda, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarga alohida ahamiyat beriladi.
Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?
Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionati uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter