«Abu Saxiy»dagi hodisaning sababi ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Abu Saxiy» savdo markazidagi ko‘pqavatli avtoturargohda avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 27-oktyabr kuni soat taxminan 6:52 larda «TASHKENT TRADE CENTER» (ABU SAXIY) savdo markazi hududida joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohning 5-qavatida sodir bo‘lgan.
Yong‘in yuzaga kelishiga avtoulovining dvigatel qismida texnik nosozlik oqibatida qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Natijada, avtoulov kapot ostidagi elektr simlarida yong‘in kelib chiqqan.
«Mazkur holat korxona Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xodimlari tomonidan soat 7:10 larda bartaraf etildi. Yong‘in oqibatida hech kimga tan jaroxati yetmagan, shuningdek, bino va atrofdagi boshqa avtoulovlarga ham zarar yetkazilmagan», deyiladi «Abu Saxiy» savdo markazi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter