Abituriyentlar diqqatiga! Bugundan onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
My.gov.uz portali orqali abituriyentlarni (2023/2024-o‘quv yili uchun) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qog‘oz hujjatlar va hech qanday navbatlarsiz onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Qayd etilishicha, ushbu jarayonda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni yuklashsa kifoya.
Eslatma! Ta’lim yo‘nalishini yangi o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘nggina tanlash mumkin bo‘ladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165000 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Quyidagi toifaga kiruvchi abiturentlar to‘lovdan ozod etiladi:
- test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;
- I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar;
- to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.
Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abituriyentlar oxirgi kungacha o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi ma’lumotlarini keltirishi mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter