Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abe: «Yaponiya yadroviy qurolsizlanish yetakchisi bo‘lmog‘i kerak»

Abe: «Yaponiya yadroviy qurolsizlanish yetakchisi bo‘lmog‘i kerak»

Foto: «RIA Novosti»

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘z mamlakati yadroviy qurolsizlanish harakati yetakchisi bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda TASS xabar bergan.

— Atom bombardirovkasi dahshatlarini his qilib ko‘rgan yagona mamlakat sifatida biz yadroviy qurolsizlanish harakati boshida turishimiz, yadro qurolidan xoli dunyoga erishish uchun amaliy harakatlar qilishimiz zarur, — dedi u Xirosima atom bombardirovkasi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqida.

Bundan tashqari, bosh vazir xibakusya — Xirosima va Nagasaki atom bombardirovkasi jabrlanuvchilariga yordam ko‘rsatish dasturini kengaytirishga va’da berib, yoshlarni atom quroliga qarshi harakatga jalb qilish borasida ish olib borish kerakligini ta’kidladi.

6-avgust kuni Xirosimaga atom bombasi tashlanganiga 73 yil to‘ldi. Mahalliy vaqt bilan soat 8:15 da (shu paytda shahar osmonida uran snaryadi portlagan) bir daqiqalik sukut e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring