Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov O‘zbekistonda yangi avikompaniya tashkil etilishini ma’lum qildi

Abdulla Aripov O‘zbekistonda yangi avikompaniya tashkil etilishini ma’lum qildi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 18-yanvar kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tgani va unda bosh vazir nomzodiga Abdulla Aripov nomzodi taqdim etilgani xabar qilingan edi. 

Unda nutq so‘zlagan bosh vazir O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etilishini ochiqlagan. 

«Prezidentimiz yangi aviakompaniya tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Ushbu aviakompaniyaning narxlari hozirgisiga qaraganda ancha arzon bo‘ladi» degan bosh vazir. 

Yangi aviakompaniyaga «Humo Air» deya nom qo‘yilishi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, «Humo» nomi ostida hozirda muz sporti saroyi, xokkey jamoasi, elektron to‘lov tizimi («Uzcard»ga raqobatchi sifatida) mavjud. 

O‘zbekistonda mavjud yagona aviakompaniya «Uzbekistan Airways bilet narxlarining qimmatligi OAV va tarmoqlarda ko‘p tanqid qilinadi. Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra milliy aviakompaniya qoshida «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» (aeroportni nazorat qilish bo‘yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo‘yilgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring