Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ertaga Ostonaga boradi

Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ertaga Ostonaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 2-noyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat rahbarlari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, aniq yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring