Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSh Davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov  Vashingtonda AQSh Davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashdi

Foto: TIV

17-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida AQSh Davlat kotibining yordamchisi, demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi rahbari Robert Destro bilan uchrashdi.

Uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Suhbat davomida Amerika tomoniga mamlakatimizda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash, ommaviy axborot vositalarining erkinligi, majburiy mehnatni yo‘q qilish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Amerikalik diplomat Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatni demokratlashtirish, jamiyatni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda O‘zbekiston-AQSh aloqalarini jadallashtirishga intilish qat’iy ekanligini ta’kidladilar, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring