Abdulaziz Komilov surunkali kasalliklar sabab xorijda davolanmoqda
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘nggi o‘n kun davomida surunkali kasalliklari tufayli Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar oldi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shifokorlarning konsilium xulosasiga ko‘ra, vazirning salomatligini yanada chuqurroq tekshiruvdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgani sababli, ayni kunlarda ixtisoslashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va tegishli muolajalarni olish maqsadida xorijda davolanishni davom ettirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter