Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga boradi
2021-yilning 16-18-fevral kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chog‘ida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yo‘laklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter