Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

 Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-sentyabrdagi qarori bilan Moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga Ergashev Abdimuxtor Ergashevich tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Abdimuxtor Ergashev 1977-yil Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2000-yil Termiz Davlat Universitetini, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyet universitetini tamomlagan va 2009-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi akademiyamiyasini tamomlagan.

1994-1995-y.y.- Surxandare viloyati Qiziriq tumani Xalq banki xodimi;

1995-2001-y.y.- «O‘zagrosug‘urta» DASK Qumqo‘rg‘on tumani rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i, nazoratchisi;

2001-2004-y.y. Toshkent davlat iqtisodiyet universiteti magistranti;

2004-2007-y.y. – Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi korxonadlarini tarkibiy o‘zgartirish va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

2007-2010-y.y. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning iqtisodiy tahlili va prognozlash boshqarmasi debitor-kreditor qarzlar monitoringi sektori boshlig‘i;

2010-2010-y.y. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloqda bozor infratuzilmasini muvofiqlantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;

2010-2017-y.y. – Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari ahborot-tahlil departamenti qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sho‘’basi fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi;

2017-2018-y.y. - Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi;

2018-2019 y.y. – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring