Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abbosbek ham Yaponiyaga qarshi o‘ynay olmaydi

Abbosbek ham Yaponiyaga qarshi o‘ynay olmaydi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi finali oldidan yana bir yetakchisini yo‘qotdi.

U-23 Osiyo kubogida terma jamoamizning tarixiy natijasiga munosib hissa qo‘shgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev kelishuvga muvofiq, navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun Moskvaga yo‘l olmoqda, deb xabar berdi O‘FA.

Avvalroq legionerlarimiz Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketgani va finalda o‘ynamasligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston 3 may kuni Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring