Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

A Seriya: yangi mavsum qachon boshlanishi va tugashi ma’lum bo‘ldi

A Seriya: yangi mavsum qachon boshlanishi va tugashi ma’lum bo‘ldi

Foto: «MilanAC.ru»

Italiya A Seriyasi kengashi yig‘ilishida 2020/2021-yilgi mavsum boshlanishi va tugashi sanalari tasdiqlandi. Bu haqda «Championat.com» xabar berdi.

Italiya chempionati 2020/2021-yilgi mavsumi birinchi turi 2020-yilning 19-sentyabr kuni start oladi. Mavsumning so‘nggi turi 2021 yilning 23 may bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli A Seriya 2019/2020-yigi mavsumi uch oyga to‘xtab qolib, keyin restart berilgan va 1-avgustda nihoyasiga yetgan edi. Turinning «Yuventus» klubi qatorasiga 9-marta mamlakat chempioni bo‘ldi. Kuchli uchlikka «Inter» (82) va «Atalanta» (78) kirdi.

Oldinroq tarqagan xabarlarda Italiya chempionati 12-sentyabrdan boshlanishi aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring