Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 yoshli qizini avtomobil oynasiga o‘tqizib «sayr» qildirgan onaga jarima solindi

9 yoshli qizini avtomobil oynasiga o‘tqizib «sayr» qildirgan onaga jarima solindi

Foto: Videolavhadan skrinshot

«Effekt Makarenko» telegram kanalida e’lon qilingan videoda «Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan. Ushbu holatni Toshkent shahar IIBB o‘rgandi.

«Haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli Nafisa B. boshqarib borgan bo‘lsa, oynada o‘tirgan qiz uning 9 yoshli farzandi bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi («Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi») 4-qismi («Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish») bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan bo‘lib, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring