Toshkentda «Spark» daraxtga urilib, yonib ketdi (foto)
26-mart kuni soat 22:00 atrofida Uchtepa tumanida 22 yoshli Islombek M. «Spark» mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib ketgan.
Haydovchi va yo‘lovchini odamlar mashinadan olib chiqqanidan ko‘p o‘tmay, dvigatelda qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in boshlangan. Voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in o‘chirildi.
Hodisa oqibatida haydovchi va yo‘lovchi Behzod S. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter