9-yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 9-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 - 0 daraja, kunduzi +6 - +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi -5 - 0 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0 - +5, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 - 0 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi -3 - +2 daraja, kunduzi -3 - +2 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter