9-sinf o‘quvchisi bosqinchilik sodir etdi
Toshkent viloyatida 2021-yilning 1-fevral kuni soat 15:00 larda voyaga yetmagan 17 yoshli 9-sinf o‘quvchisi Erlan Z. tomonidan bosqinchilik sodir etildi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Toshkent shahri Bektemir tumani hududida joylashgan «Vodiy» shoh bekati oldida «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi 29 yoshli Abdunabi X. bilan uni va oila a’zolarini Andijon viloyati Asaka tumaniga olib borishiga kelishadi.
Erlan Z. oila a’zolarini Ohangaron tumani hududidan yo‘l-yo‘lakay olib ketishlarini aytib, ushbu avtomashinaning old o‘ng tomon o‘rindig‘iga o‘tirib, yo‘lni ko‘rsatib borishini aytadi. Ammo u yo‘lda to‘satdan yonida bo‘lgan oshxona pichog‘ini Abdunabi X.ning bo‘yin qismiga tirab, yonida bo‘lgan bor pullari va buyumlarini berishini talab qiladi. Bosim ostida narxi 1.500.000 so‘mlik «HUAWEY» rusumli uyali telefon apparatini, avtomashina boshqaruv pultini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Shundan so‘ng Erlan Z. haydovchi Abdunabi X.ga avtomashinasini Nurafshon shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarishini talab qiladi.
Haydovchi Abdunabi X. avtomashinasini Ohangaron tumani Oybuloq MFY O‘zar qishlog‘idan chiqishdagi avtobus bekati ro‘parasida to‘xtatib, bekatda turgan notanish shaxslardan yordam so‘raydi. Shu krdagi fuqarolar Erlan Z.ni ushlab IIB xodimlariga topshirishadi.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Erlan Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter