Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

83 kishi yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldi

83 kishi yangi ish o‘rinlariga ega bo‘ldi

Foto:«Mehnat.uz»

Toshkent viloyati Piskent tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda 49 korxona va tashkilot qariyb 500 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi deya xabar bermoqda «O‘zA».

Tuman hokimligi, prokuraturasi, bandlikka ko‘maklashish markazi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, bu borada ularga qo‘shimcha imtiyozlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– Joriy yilning 6 oyi mobaynida 988 fuqaro tashkilotimizga ish so‘rab murojaat qildi, – deydi tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari M.Mirsoatova. – Ularning 361 nafariga maslahat berilgan bo‘lsa, 627 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi.

Mehnat yarmarkasi doirasida tumanning ilg‘or tadbirkorlari faoliyati taqdimoti tashkil etilib, ularning tajribasini ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi. Yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh faol yosh tadbirkorlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yarmarkada 83 fuqaroga ishlash uchun yo‘llanma berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring