Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zboshimchalik bilan marmar qaziganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zboshimchalik bilan marmar qaziganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S.» AJ mas’ul shaxslari «Zarband (1978)» marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy ob’yektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring