Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 oyda xarid cheki bermagan qariyb 80 ming «magazinchi» jazolandi

8 oyda xarid cheki bermagan qariyb 80 ming «magazinchi» jazolandi

Davlat soliq qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil yanvar-avgust oylarida «Soliq» mobil ilovasining «Soliq hamkor» tizimi orqali kelib tushgan huquqbuzarliklarning 79 210 tasi xarid cheki bermaslik holatlari bilan bog‘liq.

 Sodir etilgan jami 84 786 ta soliq huquqbuzarligi, jumladan:

  • 3 343 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
  • 162 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
  • 2 071 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha ekanligi aytildi.

Murojaatlarning 46 839 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

32 968 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99,5 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 34 682 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima miqdoridan 20 foiz) 28,8 mlrd so‘m mukofot to‘langan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring