8 oyda 1,5 mingga yaqin maktab o‘quvchilari jinoyat sodir etgan
![8 oyda 1,5 mingga yaqin maktab o‘quvchilari jinoyat sodir etgan](https://static.xabaruz.com/crop/9/8/720_460_95_987896175.jpg)
2023-yilning 8 oyida O‘zbekistonda 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyatlar sodir etilgan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lum qilishicha, jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, 142 nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangani, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.
O‘tgan 2022-yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter