8-mart kuni qiz boladan pul talab qilgan shaxs ushlandi
2022-yil 5-mart kuni 16 yoshli G‘.G. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Unda o‘ziga tegishli bo‘lgan SIM-kartasini yo‘qotib qo‘yganligini, uni topish maqsadida o‘zining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida notanish shaxs ko‘tarib, haqiqatdan ham SIM-karta hozir o‘zida ekanligi va ushbu raqamga ulangan Telegram messenjerini ochib, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni yuklab olganligini bildirib, ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormasligi uchun 400 ming so‘m pullarni talab qilib kelganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan joriy yilning 8 mart kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik yo‘li bilan G‘.G.dan talab qilayotgan 400 ming so‘m pullardan 200 ming so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, u Qo‘rg‘ontepa tumani Ko‘kbuloq ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Q.A. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter