Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

73 yoshli Italiya Bosh vaziri AstraZeneca bilan emlandi

73 yoshli Italiya Bosh vaziri AstraZeneca bilan emlandi

Foto: «News.myseldon.com»

Italiya bosh vaziri Mario Dragi va uning rafiqasi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini oldi. Emlash uchun ular AstraZeneca preparatini tanladilar, deya xabar berdi «MIR 24».

Italiya hukumatining 73 yoshli rahbari bir hafta oldin aynan shu vaksina bilan emlanishini ma’lum qilgandi. Aynan o‘sha paytda mamlakatda AstraZeneca vaksinatsiyasi to‘xtatilgandi.

Mario va Mariya Dragi Rimning Termini temir yo‘l stansiyasida joylashgan katta vaksinatsiya markazida emlandilar.

Italiyada odamlar emlanishga unchalik shoshilishmayapti, shu sababli u yerda yangi kasallanishlar soni tobora ko‘paymoqda. Dam olish kunlari mamlakatda yana umummilliy lokdaun joriy etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring