7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylab qo‘ymoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Qarshi shahridagi ta’lim muassasalarining birida ombor mudiri sifatida faoliyat yurutuvchi 41 yoshli X.M. (ayol) firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushdi. U o‘zining yuqoridagi tanishlari orqali fuqaro T.B ning o‘g‘lini 7 ming AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan.
Joriy yilning 15-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. oldindan kelishilgan pulning 5000 AQSh dollarini fuqaro T.B dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirla mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter