Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5G joriy etilsa, 2G/3G/4G qanday o‘zgaradi?

5G joriy etilsa, 2G/3G/4G qanday o‘zgaradi?

So‘nggi o‘n yilliklarda mobil telefonlar dunyoni butkul o‘zgartirib yubordi, bugun smartfon — doimiy muloqotda bo‘lishi shart insonning ajralmas yo‘ldoshi.

Biroq aynan mobil internetning rivojlanishi smartfonni ommalashtirdi, aks holda u «ekrani katta» telefonligicha qolib ketardi.

«GSMArena» aloqa avlodlari rivojlanishini quyidagi grafiklar yordamida tushuntirib berdi, «aqlli telefonlar» qanday taraqqiy etganini ham shu grafikda ko‘rish mumkin.

Foto: «GSMArena»

2G standarti 1991-yildan 2003-yilgacha tanho yetakchi edi. 2003-yildan 3G rivojlanishni boshladi. Shuning barobarida ovozli aloqa sifati yaxshilandi, videoaloqa xizmati taklif etila boshlandi, biroq narxi juda qimmatligi uchun talab yetarli yetarli bo‘lmadi, buning ustiga ekranining tepasi kamerali telefonlar ko‘pchilikda yo‘q edi.

2007-yilga kelib 3G mobil aloqa yetakchi standartiga aylandi, biroq oradan ikki yil o‘tib, 2009-yildan dastlabki 4G-tarmoqlar ishga tushishi bilan avval tasavvur ham qilinmagan imkoniyatlar ochildi.

Operatorlar ushbu standartni rivojlantirgani sayin, foydalanuvchilar o‘z smartfonlarini shunchalik tez almashtira boshlashdi.

4G standarti smartfonlar bozori rivojlanishi uchun katta turki berdi, operatorlar esa foyda olishning yangi imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

Endi esa 5G eshik qoqmoqda. Janubiy Koreyada to‘liq, AQShning ayrim shaharlarida dastlabki tijoriy tarmoqlar ishga tushirildi, jahon miqyosida «beshinchi avlod» 2019-yilning ikkinchi yarmidan birin-ketin ishga tushirila boshlanadi.

Bu standartning istiqbollari shunchalikki, hatto 4G ni u bilan solishtirib bo‘lmaydi. Beshinchi avlod bu — o‘ta katta tezlik. Uning kuchi shunchaki bir zavod yoki fabrika emas, butun boshli shahar uchun yetadi.

Turgan gapki, 5G standarti smartfonlar bozorida ulkan o‘zgarish yasaydi: hamma o‘zidagi 4G-qurilmalarni yanada qimmatroq 5G-qurilmalarga almashtirishni boshlaydi.

Ekspertlarning fikricha, hozirgi rivojlanish sur’atida 5G 2023-yilga borib yetakchi standartga aylanadi, ya’ni avval kutilganidan ancha qisqa muddatda. Oddiy ifodalaganda, 5G nafaqat o‘z tezligi, balki rivojlanish tezligi bo‘yicha ham oldingi standartlarni ortda qoldirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring