5–9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishga o‘zgartirishlar kiritildi

5–9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining «Telegram»dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qilmoqda.
«5–9-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Endilikda, joriy nazorat – so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida, oraliq nazorat yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida, bosqichli nazorat esa, og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi.
Eski tartibga asosan, joriy nazorat – so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida, oraliq nazorat imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida, bosqichli nazorat imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter