Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

56 yil birga yashagan amerikalik chol-kampir buzuq pech tufayli bir kunda jon berishdi

56 yil birga yashagan amerikalik chol-kampir buzuq pech tufayli bir kunda jon berishdi

Foto: «Terri Robinson»

56 yil birga yashagan er-xotin gipertermiya tufayli bir kunda hayotdan ko‘z yumishdi. Negaki, pechning nosozligi uydagi haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga olib kelgan. Bu haqda «People» xabar berdi.

2020-yil 3-oktyabr kuni AQShda 80 yoshli Livell Robinson va uning rafiqasi 78 yoshli Ora uylarida bo‘lishgan. Er-xotin yaqinda pechni ta’mirlatishgandi, biroq u yana ishdan chiqib, xonadagi havo harorati birdan ko‘tarilib ketgan. Bir necha soatdan so‘ng Livell va Ora yaqinlari bilan aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Uyda er-xotinni o‘lik holida bolalari topishgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari uy g‘ayritabiiy darajada issiq bo‘lganini aniqlashgan.

«Biz isitish tizimini qo‘lda o‘chirdik va xonadagi kislorod darajasini tekshirdik. U nihoyatda past edi», — dedi qutqaruvchilardan biri. Keyinroq sudtibekspertlar er-xotinning o‘limiga gipertermiya sabab bo‘lganini tasdiqlashdi.

Ota-onaning to‘satdan o‘limi farzandlar uchun fojia bo‘ldi.

«Biz ularsiz yashashga hali tayyor emasmiz, chunki ular biz uchun chinakam do‘st edilar. Onamiz bizga kerakli maslahatlarini berar, otamiz esa hamisha yordamga kelardi», — deydi to‘ng‘ich o‘g‘il Terri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring