O‘zbekistonda olti oyda 546,5 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

Respublikamizda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 104,6 foiz ni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish sur’ati 100,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);
- yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 foiz, Farg‘ona viloyati 21,1 foiz, hamda 0,1 foiz bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter