500 dan ortiq mahallada sport maydonchalari quriladi

Mo‘ynoq shahri, 2022 yil, may
Prezident Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 508 ta mahallada ko‘p funksiyali sport maydonchalarini qurishga ko‘rsatma bergan.
Ayni paytda mahalladagi bolalar uchun sport maydonchalari yetishmaydi. Ko‘p bolalar yo‘l bo‘yida, o‘rtasida yoki ko‘p qavatli uylarning orasida to‘p tepishadi.
Prezident yoshlarning sport maktablari bilan qamrovini 1,3 baravarga oshirib, 520 ming nafarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Bundan tashqari, 69 ta tumandagi sport maktablarida kamida 20 ta, 47 tasida 15 ta, qolgan 91 tasida 10 ta olimpiya sport turlariga tayyorlashni yo‘lga qo‘yish topshirilgan.
«Yana bir bor ta’kidlayman, yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarni ommaviy sport bilan qamrab olish – bu siyosat. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ishlarni yaxshi boshladi. Bugungi selektordan ayniqsa tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlari xulosa qilib, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishi kerak. Bu borada so‘rov doimiy va qattiq bo‘ladi», degan prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter