Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 sotix yerga 100 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

5 sotix yerga 100 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Yer sotish bilan bog‘liq yana bir noqonuniy holatga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming AQSh dollari talab qilib, so‘ralgan pulning 70 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring