Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5-sinf o‘quvchisining hayratga soluvchi san’at asarlarini ko‘rganmisiz? (foto)

5-sinf o‘quvchisining hayratga soluvchi san’at asarlarini ko‘rganmisiz? (foto)

«Nasriddin bobo», «Afsonaviy kulol», «Gimnastikachi qiz», «Ajdodlarimiz merosi», «Arslon», «Xayol», «Najot», «Skripkachi qiz», «Qo‘ziqorin bobo»...

Ko‘rgazmalar zalida kishini hayratga soluvchi ushbu san’at asarlari oddiy loydan yasalgan. Ko‘rib turganingiz, sirdaryolik tengdoshingiz, Farzona Jo‘raqulovaning ijodiy ishidir. U Boyovut tumanidagi 5-sonli Musiqa va san’at maktabining San’at bo‘limi 5-sinfida tahsil oladi. 14 yoshga to‘lgan ijodkor 2015 yildan beri ta’lim maskanida haykaltaroshlik sirlarini o‘rganib kelmoqda. Bir qancha ko‘rik-tanlovlari g‘olibi.

2016 yilda «Kamalak yulduzlari» Bolalar ijodiyoti festivali Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 2018 yil aprelda Sidaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan ta’sis etilgan «Yuksak  ma’naviyatli avlod» Yoshlar festivalida «Eng yosh kulol» nominatsiyasi bilan taqdirlandi. O‘sha yili Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan «Bolalar  musika va sanat maktablari o‘quvchilarining san’at yo‘nalishi» bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Joriy yilning aprel oyida Sirdaryo viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan ananaviy «Tasviriy sanat festivali»da «Eng yaxshi asar muallifi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va eng faol ishtirokchi sifatida qayd etilib, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisining faxriy diplomi bilan taqdirlandi.

Farzona hozirda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolajonlar uchun yo‘l harakati qoidalarini o‘zlashtirishning qulay usuli – haykalchalar yordamida yo‘lda harakatlanish, svetoforga rioya etish, piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidalari ustida izlanmoqda.

Nurbek Qidiraliyev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring