Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 milliondan ziyod ukrainalik uyini tark etdi — BMT

5 milliondan ziyod ukrainalik uyini tark etdi — BMT

Foto: «Sova.news»

Qurolli nizo oqibatida 5 milliondan ziyod ukrainalik uyini tark etdi. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandining «Corriere della Sera» gazetasida chiqqan intervyusida shu raqamlar keltirildi.

«Ukrainalik 5 milliondan ziyod odam, aholining 10-15 foizi, boshpanasidan judo bo‘ldi, shundan yarmi mamlakatni tark etdi, biroq bu sur’atda yana 3 million kishi yaqin kunlarda xorijga chiqib ketadi», — dedi Grandi.

Oliy komissar Ukrainaning 40 million aholisidan uchdan bir qismi urush oqibatlaridan bevosita aziyat chekayotganini ta’kidladi.

«Eng yomoni, ushbu holat atigi ikki haftada yaratildi. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri eng jiddiy migratsiya inqirozi. Bomba yog‘dirilishi mamlakatning g‘arbiy qismigacha kengayishidan xavotirdamiz, vaziyatni kuzatishda davom etamiz», — qo‘shimcha qildi BMT vakili.

Butunjahon oziq ovqat dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada 3-5 million kishi oziq-ovqat ko‘magiga muhtoj.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring