Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi

4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Reyd tadbirida «Qarshi-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanayotgan «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, jami 4 000 kilogramm iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida bo‘lgan fuqarolar aniqlanib, mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring