Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Surxondaryodagi «Darband» YPX maskanida o‘tkazilgan reyd tadbirida 21-aprel, yakshanba kuni soat taxminan 01:30 lar chamasida Denov-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro X.F. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi to‘xtatildi.
4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Samarqandga ketayotgan Cobalt yukxonasidan 900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi
«Qarshi – Samarqand» yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Cobalt» rusumli avtomobilning salon va yukxonasidan noma’lum hayvonga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan 900 kg go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.