Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 oyda O‘zbekistonga xorijdan 3,1 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

4 oyda O‘zbekistonga xorijdan 3,1 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan

2023-yil yanvar-aprelda O‘zbekistonga 3,1 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kirib kelgan bo‘lib, 2022-yil mos davriga nisbatan 20,8 foizga ortiq bo‘ldi.

Bu haqda Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgartirishsiz qoldirish bo‘yicha qaror yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Jumladan, dastlabki 3 oydagi pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan baland ko‘rsatkichlarda bo‘lgan bo‘lsada, aprel oyida 763 mln dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan va bu o‘tgan yilning apreliga nisbatan deyarli 30 foizga kamroq deganidir.

Matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov buni izohlar ekan, yil boshidan beri Rossiya rubli 1,4 foizga qadrsizlanganini, bu O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining ham kamayishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, yanvar-aprel oylarida banklarning aholidan valyuta xaridi va aholiga valyuta sotuvi o‘rtasidagi ijobiy tafovut 0,5 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda, aholining valyuta sotuvi 3,3 mlrd. dollarni va aholining valyuta xaridi 2,8 mlrd dollarni tashkil qildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring