«4 kun amalga o‘tirib, qo‘shningni tanimay qoldingmi?» — Zoyir Mirzayev
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 28 may kuni Yangiyo‘l aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazgan va tuman hokimligi vakilini tanqid qilgan.
Sayyor qabulda yangiyo‘llik ayol kredit olishga 6 oydan beri limit berilmayotganidan shikoyat qilgan. Shu paytda Mirzayev o‘sha mas’ulga qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq qilgan va masalani hal etish uchun bir hafta muhlat bergan.
Aniqlanishicha, ushbu vakil murojaatchi ayolning qo‘shnisi bo‘lib chiqqan.
««4 kun amalga o‘tirib, qo‘ni-qo‘shningni tanimay qoldingmi?», degan hokim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter