Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

38 ming dollar evaziga Amerika va’da qilgan "uddaburon" ushlandi

38 ming dollar evaziga Amerika va’da qilgan

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida AQSh davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, o‘zi va uning tanishini 38 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 52 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.    

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring