Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

359,7 mln. so‘mlik pirotexnika vositalari qo‘lga olindi – Bosh prokuratura

359,7 mln. so‘mlik  pirotexnika vositalari qo‘lga olindi – Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan oriy yilning o‘tgan davrida pirotexnika buyumlarini noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 14 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyat ishlari bo‘yicha jami 359,7 mln. so‘mlik 281,2 ming dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Tahlillarga ko‘ra, qayd etilgan jinoyatlar Farg‘ona viloyati (8 ta), Toshkent shahri (4 ta), Andijon va Toshkent viloyatlari (1 tadan) hududlarida sodir etilgan bo‘lib, pirotexnika buyumlari O‘zbekistonga qo‘shni hududlar Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridan aylanma yo‘llar orqali, noqonuniy ravishda olib kelingan.

Misol uchun, Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 53,4 mln. so‘mlik «Treniya» nomli 6240 dona pirotexnika buyumlarini muomalaga kiritish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) Jinoyat kodeksining 250-1-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring