-35 darajagacha: AQShda qahraton qish asriy rekordlarni yangiladi
AQShda bu yil qish har qachongidan sovuq keldi. Milliy meteorologiya xizmati 21 shaharda asriy rekordlar yangilangani haqida ma’lumot berdi.
Nebraska shtatining Linkoln va Gastings shaharlarida harorat -35 va -34 darajagacha pasayib ketdi. Oldingi rekordlar 40 yil avval kuzatilgan, ammo u paytda bundan 20 daraja iliqroq edi: -18 va -13 daraja sovuq.
Ayova shtatining Su-Siti shahrida harorat -33 darajagacha tushdi, bundan oldingi rekord 1936-yili qayd etilgan.
Ayrim shaharlarda asriy rekordlar yangilandi: Kanzas shtatidagi Topeka shahrida harorat -27 darajagacha tushdi (eski rekord 1903-yilda o‘rnatilgan).
Hatto janubdagi Texas shtatida ham qahraton bu yil zabtiga oldi: San-Antonio va Korpus-Kristida harorat -11 va -13 darajaga pasaydi (1895-yildagi rekord yangilandi).
Texas va boshqa shtatlardagi noqulay ob-havo qator muammolarni keltirib chiqardi, jumladan, elektrda uzilishlar yuz beryapti. Muzlashlar va qor bo‘ronlari yuzlab korxonalar faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. Kamida 15 kishi qish qahratoni qurboniga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter