Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

34 yoshli ayol Finlyandiya bosh vaziri bo‘ladi

34 yoshli ayol Finlyandiya bosh vaziri bo‘ladi

Sanna Marin.

Foto: «Yle.fi»

Finlyandiya transport va aloqa vaziri, 34 yoshli Sanna Marin mamlakat bosh vaziri bo‘ladi, deb xabar berdi «Rosbalt». SDP partiyasi vakillarining favqulodda yig‘ilishida ushbu qarorga kelingan.

«Yle» yozishicha, 34 yoshli Marin shu tariqa dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylanadi.

Yana bir diqqatga sazovor fakt: Finlyandiyadagi barcha ilg‘or partiyalarning yetakchilari — ayollar.

Yangi bosh vazirga ishonch yuzasidan ertaga, 10-dekabr kuni parlament ovoz beradi, keyin esa prezident yangi hukumatni tasdiqlaydi.

Oldingi bosh vazir Antti Rinne pochtachilar ish tashlashidan so‘ng 3-dekabrda iste’foga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring