Toshkentda 3 oylik farzandini sotayotganlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahar boshqarmasi va IIB o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolar P.G. va G.P.lar o‘zlarining 3 oylik o‘g‘il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan P.G. va G.P.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter