+276. Viloyatlarda ham ahvol og‘irlashmoqda

2020-yil 21-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 (+276) nafarni tashkil etmoqda.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 57 nafari Andijon viloyatida, 42 nafari Namangan viloyatida, 36 nafari Sirdaryo viloyatida, 29 nafari Jizzax viloyatida, 23 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 9 463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 035 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter