Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

275 ta daraxtning «ishi»ni bajaradigan o‘rindiq yaratildi

275 ta daraxtning «ishi»ni bajaradigan o‘rindiq yaratildi

Foto: «National Geographic»

Germaniyalik dizaynerlarning «CityTree» nomini olgan havo tozalovchi qurilmasi 275 ta daraxtdek samarali ishlaydi va undan odatdagi o‘rindiq sifatida foydalanish mumkin. Tirik butani o‘rindiq bilan birlashtirish g‘oyasi Drezdenning «Green City Solutions» kompaniyasiga tegishli, deb xabar berdi «National Geographic».

O‘ridiq to‘rt metrli vertikal panellar bilan jihozlangan. Unga briofit (lotincha «Bryophyta») o‘simliklarning 1682 ta tuvagi joylashtirilgan bo‘lib, ular havodagi xavfli zarralarini, chang va qurumlarni o‘ziga yutadi.

«CityTree» quyosh batareyalaridan hosil bo‘ladigan energiya hisobiga ishlaydi. Uning monitoring tizimi havoning ifloslanish darajasi va haroratini aniqlaydi. Filtrlash natijasida hosil bo‘lgan yomg‘ir suvi maxsus rezervuarga tushib, o‘simlikni sug‘orishga sarflanadi. Bundan tashqari o‘rindiq Wi-Fi ham tarqatadi, maxsus qoplamalar graffitlardan va boshqa sodir etilishi mumkin buzg‘unchiliklardan himoya qiladi.

275 ta daraxtning «ishini» bajargan «CityTree» atiga ularning 1 foiz maydonini egallaydi, bu esa tirband shaharlarda ortiqcha joyni talab etmaydi. Mazkur yangilik Berlin, Parij, Pekin, Rotterdam, Oslo va boshqa megapolislarga o‘rnatib bo‘lingan, yaqinda esa ushbu o‘rindiq Londonning Pikadilli maydoniga ham o‘rnatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring